MAXFIYLIK

Tashriflar haqida qanday maʼlumot saqlanadi?

Saytni yaxshilash uchun

Kirish vaqti, koʻrilgan sahifa, taxminiy mamlakat, tashrif manbasi, brauzer va qurilma turi, sahifadagi faol vaqt hamda oʻqish chuqurligi hisoblanadi. Ism, telefon, aniq manzil yoki sahifaga kiritilgan matn bu statistikaga olinmaydi.

Anonim brauzer identifikatori

Saytning oʻz cookie fayllari qayta tashrifni shu brauzer bilan bogʻlaydi. Ular boshqa saytlarda kuzatish uchun ishlatilmaydi. Cookie oʻchirilganda yoki boshqa qurilmada kirilganda yangi identifikator paydo boʻladi. palovxon.uz va palovhon.uz identifikatorlari alohida hisoblanadi.

Mamlakat va faol vaqt

Mamlakat IP manzili asosida shu serverning oʻzida taxmin qilinadi. Toʻliq IP statistikada saqlanmaydi va tashqi tahlil servisiga yuborilmaydi. VPN natijaga taʼsir qilishi mumkin. Faol vaqt faqat koʻrinib turgan, fokusdagi sahifada va soʻnggi 60 soniyada harakat boʻlganda hisoblanadi; bu oʻqish vaqtining taxminiy oʻlchovidir.

Saqlash va tanlov

Statistik qaydlar 180 kungacha saqlanadi, ularga faqat administrator kira oladi. Brauzerning Do Not Track va Global Privacy Control tanlovi hurmat qilinadi. Statistikani quyidagi tugma bilan shu brauzerda oʻchirishingiz ham mumkin.

Palov olamidan izlang

Mavzu yoki masalliq nomini yozing.